Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEHQON MAHALLASIDA IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK O‘RGANISHI: 21-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
NARPAY MAHALLASIDA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA” DASTURI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#Biriktirilgan_tashkilot

“Obod turmush” mahallasida aholi muammolari va mahalla faoliyati o‘rganildi

Mahalla — aholi bilan davlat o‘rtasidagi eng yaqin va muhim bo‘g‘in. Shu bois hududlarda fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning murojaatlarini eshitish, mahalla faollari faoliyatining samaradorligini baholash hamda mavjud masalalarga amaliy yechim topish mahalliy Kengashlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga
4-Obod turmush saylov okrugidan saylangan deputat O.Ishpo'latovga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi E.Eshonqulov “Obod turmush” mahallasida bo‘lib, hududdagi ishlar holatini joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.

Nazorat-tahlil tadbiri mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining asosiy mezonlaridan biri sifatida belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi.
O‘rganish jarayonida mahalladagi mavjud holatni har tomonlama tahlil qilishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, mahalla faollarining aholi bilan bevosita ishlashi, fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ularni tegishli tartibda ko‘rib chiqish, aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish borasidagi faoliyati yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mahallada aholi bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy masalalarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ehtiyojmand oilalarga ko‘mak ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash masalalari ham nazorat-tahlil tadbirining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.

Mazkur Farmon doirasida mahalla boshqaruvini yanada samarali tashkil etish, mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish, aholi bilan ishlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda hududlarda mavjud muammolarni tizimli ravishda hal etish borasidagi vazifalar yuzasidan mahalla faollari bilan suhbat o‘tkazildi.

O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 mahallada aholi bilan ishlash va fuqarolar murojaatlarini o‘rganish holati;
🔹 mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
🔹 mahalla faollarining o‘zaro hamkorligi va vazifalarni bajarish samaradorligi;
🔹 hududni obodonlashtirish va rivojlantirishga qaratilgan ishlarning borishi;
🔹 ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash;
🔹 yoshlar va xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalarni hal etish;
🔹 aholi bandligini ta’minlash va oilalar farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar;
🔹 mahalladagi muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish samaradorligi.

Muloqot davomida mahalla faollarining aholiga yaqin bo‘lishi, har bir murojaat ortida inson taqdiri va manfaatlari turganini unutmaslik, muammolarni faqat qayd etish bilan cheklanib qolmasdan, ularning amaliy yechimini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish, mahalladagi muammolarni joyida o‘rganish va ularni tegishli tashkilotlar oldiga masala sifatida qo‘yish, ijrosi yuzasidan muntazam monitoring olib borish muhimligi qayd etildi.

Nazorat-tahlil tadbirlarining asosiy maqsadi — kamchiliklarni aniqlash bilangina cheklanmasdan, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralarni belgilash, mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish va eng muhimi, aholi manfaatlarini ta’minlashdan iborat.

Kelgusida ham “Shifokor” mahallasida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish, muammolar yechimini nazoratga olish hamda hududni rivojlantirishga qaratilgan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 3