35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
янв.21
Deputat hududda: Sport majmuasini kapital ta’mirlash loyihasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
DEPUTAT TASHRIFI: KO‘ZI OJIZLAR KUTUBXONASIDAGI SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: IJTIMOIY DORIXONADAGI SHART-SHAROITLAR VA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash: Karmana tumanida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
HUDUDLARNI RIVOJLANTIRISHDA YANGI BOSQICH: "MAHALLA YETTILIGI" BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
#Deputat_nazorati: "Yangiariq" mahallasida chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketilishi oʻrganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilayotgan imtiyozlar amalda: Hokim yordamchisi ko‘magida "Xazora" mahallasidagi ehtiyojmand oilaga ssuda ajratildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan 2027-yilda tasdiqlanadigan dasturlarga takliflar kiritildi.

#24_masala

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan 2027-yilda tasdiqlanadigan dasturlarga takliflar kiritildi.

Maxkamov Sobir To‘xtamishovich – 2-Dehqonobod saylov okrugi

1."Istiqlol" mahallasida joylashgan 18-son umumiy o‘rta ta’lim maktabini joriy ta’mirlash.
Maqsad: ta’lim muassasasining moddiy-texnika holatini yaxshilash, bino va sinf xonalarini ta’mirlash orqali o‘quvchilar hamda pedagoglar uchun zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlarini yaratish.
Kutilayotgan natija: maktabning mavjud kamchiliklari bartaraf etilib, o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay ta’lim muhiti yaratiladi hamda ta’lim sifati oshadi.
2. "Juvozxona" mahallasida joylashgan 14-son umumiy o‘rta ta’lim maktabini joriy ta’mirlash.
Maqsad: ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bino va sinf xonalarini ta’mirlash orqali o‘quvchilar hamda pedagoglar uchun zamonaviy va xavfsiz ta’lim sharoitlarini yaratish.
Kutilayotgan natija: maktab infratuzilmasi yaxshilanib, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun qulay sharoit yaratiladi hamda ta’lim sifati oshadi.
3. "Juvozxona" mahallasida joylashgan 42-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududining 400 metr qismini o‘rash.
Maqsad: ta’lim muassasasi hududining xavfsizligini ta’minlash, maktab infratuzilmasini tartibga keltirish va o‘quvchilar uchun xavfsiz muhit yaratish.
Kutilayotgan natija: maktab hududi to‘liq o‘rab olinib, xavfsizlik darajasi oshadi, ta’lim jarayoni uchun yanada qulay va tartibli sharoit yaratiladi.
4. "Juvozxona" mahallasining Oqchelak qishlog‘ida suv inshootini qurish hamda ichimlik suvi tarmoqlarini tortish.
Maqsad: aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash, suv ta’minoti infratuzilmasini rivojlantirish hamda hududda yashash sharoitlarini yaxshilash.
Kutilayotgan natija: Oqchelak qishlog‘i aholisining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi oshadi, suv ta’minotidagi mavjud muammolar bartaraf etilib, aholining turmush sifati sezilarli darajada yaxshilanadi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1