35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
янв.21
Deputat hududda: Sport majmuasini kapital ta’mirlash loyihasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
DEPUTAT TASHRIFI: KO‘ZI OJIZLAR KUTUBXONASIDAGI SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: IJTIMOIY DORIXONADAGI SHART-SHAROITLAR VA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash: Karmana tumanida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
HUDUDLARNI RIVOJLANTIRISHDA YANGI BOSQICH: "MAHALLA YETTILIGI" BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
#Deputat_nazorati: "Yangiariq" mahallasida chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketilishi oʻrganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilayotgan imtiyozlar amalda: Hokim yordamchisi ko‘magida "Xazora" mahallasidagi ehtiyojmand oilaga ssuda ajratildi
MAHALLA TARAQQIYOTI — AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT VA MANZILLI YECHIMLARDA

#deputat_tashabbusi #deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ MAHALLA TARAQQIYOTI — AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT VA MANZILLI YECHIMLARDA

🏛 2026-yilning mamlakatimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinishi mahalla institutining jamiyat hayotidagi o‘rnini yanada mustahkamlash, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni kengaytirish, joylardagi muammolarni manzilli o‘rganish hamda ularning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

📝 Shu maqsadda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev Mirobod tumanidagi “Oltinko‘l” mahallasi fuqarolari bilan uchrashib, hududdagi mavjud holat, aholini qiynab kelayotgan masalalar, fuqarolarning murojaat va takliflari bilan yaqindan tanishdi.

🔺 Ochiq muloqot davomida mahalla aholisi tomonidan bildirilgan fikrlar tinglanib, hududni yanada obod va qulay qilish, aholining kundalik ehtiyojlari bilan bog‘liq masalalarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan fikr almashildi.

🔎 Deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlari asosida mahalladagi ijtimoiy muhit, aholi bandligi, yoshlar bilan ishlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ichki ko‘chalar va tungi yoritish holati, kommunal xizmatlar, hududlar tozaligi, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, jamoat transporti hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati kabi masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi.

💡 Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaat va takliflarni tegishliligi bo‘yicha o‘rganib chiqish, mavjud muammolarga mutasaddi tashkilotlarni jalb etgan holda amaliy yechim topish hamda zarur hollarda deputatlik nazorati mexanizmlaridan foydalanish muhimligi qayd etildi.

📉 Uchrashuvning yana bir e’tiborli jihati — “Adolat” SDP bilan ko‘p yillardan buyon samarali hamkorlik qilib, jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan erkin jamoatchilar Bazarov B. va Yeshmanov D. “Fidoyi vatanparvar” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

🗣Ularning mahalla hayotidagi faolligi, jamoatchilik tashabbuslaridagi ishtiroki va jamiyat ravnaqiga qo‘shayotgan hissasi alohida e’tirof etildi. Bunday rag‘bat jamoatchilik ishlarida faol fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, mahallalarda hamjihatlik va daxldorlik muhitini yanada kuchaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

🤝 Uchrashuv yakunida deputat Toshpo‘lat Matibayev aholi bilan ochiq va muntazam muloqotni davom ettirish, fuqarolarning murojaatlarini bevosita joylarda o‘rganish, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich hal etish hamda ularning ijrosini deputatlik nazoratida olib borish muhimligini qayd etdi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5