35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
янв.21
Deputat hududda: Sport majmuasini kapital ta’mirlash loyihasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
DEPUTAT TASHRIFI: KO‘ZI OJIZLAR KUTUBXONASIDAGI SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: IJTIMOIY DORIXONADAGI SHART-SHAROITLAR VA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash: Karmana tumanida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
HUDUDLARNI RIVOJLANTIRISHDA YANGI BOSQICH: "MAHALLA YETTILIGI" BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
#Deputat_nazorati: "Yangiariq" mahallasida chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketilishi oʻrganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilayotgan imtiyozlar amalda: Hokim yordamchisi ko‘magida "Xazora" mahallasidagi ehtiyojmand oilaga ssuda ajratildi
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162_qonun

Chinor mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar, ularning ehtiyojlarini qamrab olish hamda xizmat sifati nazorati uchun nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi. Ijtimoiy xodim, fuqarolar, shuningdek, nogironlikka ega shaxslar, yolg‘iz keksalar kabi guruhlar ham tahlil qilindi. Mazkur ishlarning maqsadi fuqarolar murojaatlari o‘z vaqtida hal etilishini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasining “Nogironlikka ega shaxslar” qonuni talablari asosida ularning huquqlari himoya qilishdir.

Mahallalarda aholi, xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning muammolarini o‘rganish, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini tahlil qilish hamda amaldagi qonunchilik asosida fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash maqsadida navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputat U.Jumayevga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi E.Eshonqulov “Chinor” mahallasida bo‘lib, mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojlarini aniqlash, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarni tegishli xizmatlar bilan qamrab olish, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar, parvarishga ehtiyoji bo‘lgan fuqarolar hamda boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, fuqarolarning mavjud muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va samaradorligini ta’minlash borasidagi ishlarning holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-641-sonli “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida olib borildi. Qonunda belgilangan nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularga teng imkoniyatlar yaratish, ijtimoiy himoya choralarini kuchaytirish hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Nazorat-tahlil davomida mavjud holat, amalga oshirilgan ishlar va aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berilib, ijtimoiy xizmatlarning sifatini oshirish hamda fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish muhimligi ta’kidlandi.

Bunday nazorat-tahlil tadbirlari mahallalarda ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini oshirish, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va ularning qonuniy huquqlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 1