35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
янв.21
Deputat hududda: Sport majmuasini kapital ta’mirlash loyihasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
DEPUTAT TASHRIFI: KO‘ZI OJIZLAR KUTUBXONASIDAGI SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: IJTIMOIY DORIXONADAGI SHART-SHAROITLAR VA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash: Karmana tumanida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
HUDUDLARNI RIVOJLANTIRISHDA YANGI BOSQICH: "MAHALLA YETTILIGI" BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
#Deputat_nazorati: "Yangiariq" mahallasida chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketilishi oʻrganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilayotgan imtiyozlar amalda: Hokim yordamchisi ko‘magida "Xazora" mahallasidagi ehtiyojmand oilaga ssuda ajratildi
"Inson qadri har narsadan ustun" tamoyili amalda — deputatlar nuroniylar holidan xabar oldi
#deputat_tashabbusi #deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ "Inson qadri har narsadan ustun" tamoyili amalda — deputatlar nuroniylar holidan xabar oldi

🏛 Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan "Inson qadri har narsadan ustun" tamoyili asosida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, nuroniylar, faxriylar va ehtiyojmand fuqarolarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish borasidagi ezgu tashabbuslar izchil davom ettirilmoqda.

📝 Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Frangiza Akramova hamda O‘zbekiston "Adolat" SDP Olmazor tuman Kengashi raisi, Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Umida Fayziyeva hamkorligida "Ayol qadri" loyihasi doirasida ijtimoiy ko‘makka muhtoj nuroniylar va faxriylar holidan xabar olindi.

🔺 Tadbir davomida keksa avlod vakillari bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning yashash sharoiti, salomatligi, kundalik ehtiyojlari hamda ijtimoiy masalalari o‘rganildi. Yoshi ulug‘ insonlarning jamiyat taraqqiyoti yo‘lidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati va hayotiy tajribasi yuksak e’tirof etilib, ularga mehr-oqibat va e’tibor ramzi sifatida esdalik sovg‘alari topshirildi.

🔎 Muloqot davomida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, mahallalarda xotin-qizlar faollari hamda ijtimoiy xodimlar faoliyati samaradorligini oshirish, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu yo‘nalishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

📝 Tadbir doirasida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Frangiza Akramova tomonidan xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qonunchilikning mazmun-mohiyati ham targ‘ib qilinib, xususan:

🔺 "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonun;

🔺 "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonun;

🔺 "Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida"gi Qonunning mazmuni va amaliy ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

💬 Deputat Frangiza Akramova fuqarolar bilan ochiq muloqot qilib, ularning taklif va murojaatlarini tingladi hamda bildirilgan masalalarni tegishli tartibda ko‘rib chiqish va ularning yechimiga ko‘maklashish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

💡 Bunday insonparvarlik tadbirlari jamiyatda mehr-oqibat, ijtimoiy birdamlik va o‘zaro g‘amxo‘rlik muhitini mustahkamlash, nuroniylarni e’zozlash hamda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 4