35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
янв.21
Deputat hududda: Sport majmuasini kapital ta’mirlash loyihasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
DEPUTAT TASHRIFI: KO‘ZI OJIZLAR KUTUBXONASIDAGI SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: IJTIMOIY DORIXONADAGI SHART-SHAROITLAR VA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash: Karmana tumanida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
HUDUDLARNI RIVOJLANTIRISHDA YANGI BOSQICH: "MAHALLA YETTILIGI" BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
#Deputat_nazorati: "Yangiariq" mahallasida chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketilishi oʻrganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilayotgan imtiyozlar amalda: Hokim yordamchisi ko‘magida "Xazora" mahallasidagi ehtiyojmand oilaga ssuda ajratildi
Deputatlik nazorati: ijtimoiy obyektlardagi ishlar o‘rganilmoqda

Deputatlik nazorati: ijtimoiy obyektlardagi ishlar o‘rganilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-son qarori asosida Pastdarg‘om tumanida qator ijtimoiy obyektlarni rekonstruksiya qilish va qo‘shimcha binolar qurish bo‘yicha belgilangan ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur dastur doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Altibayeva tomonidan Esaboy MFY hududidagi 43-son umumiy o‘rta ta’lim maktabini rekonstruksiya qilish hamda qo‘shimcha 240 o‘rinli o‘quv bino qurilishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida qurilish-ta’mirlash ishlari holati, yaratilayotgan sharoitlar hamda loyiha doirasida belgilangan vazifalarning bajarilishi ko‘zdan kechirildi.

Mazkur ishlar natijasida maktabda o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlari yaratilishi, ta’lim sifati va imkoniyatlari yanada oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Ijtimoiy soha obyektlarida amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan deputatlik nazorati davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5