Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
янв.21
Deputat hududda: Sport majmuasini kapital ta’mirlash loyihasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
DEPUTAT TASHRIFI: KO‘ZI OJIZLAR KUTUBXONASIDAGI SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: IJTIMOIY DORIXONADAGI SHART-SHAROITLAR VA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash: Karmana tumanida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
HUDUDLARNI RIVOJLANTIRISHDA YANGI BOSQICH: "MAHALLA YETTILIGI" BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
#Deputat_nazorati: "Yangiariq" mahallasida chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketilishi oʻrganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilayotgan imtiyozlar amalda: Hokim yordamchisi ko‘magida "Xazora" mahallasidagi ehtiyojmand oilaga ssuda ajratildi
20-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida xavfsizlik holati o‘rganildi

20-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida xavfsizlik holati o‘rganildi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Hay’atining 2026-yil 3-apreldagi H-4/3-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda ta’lim tashkilotlarida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ular uchun xavfsiz va qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudayqulova Nargiza Gaybullayevna tomonidan Navoiy shahridagi 20-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, yong‘in, elektr, sanitariya-gigiyena hamda umumiy xavfsizlik talablariga rioya etilishi holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotidagi tarbiyalanuvchilar foydalanadigan mashg‘ulot xonalarining holati ko‘zdan kechirilib, ayrim xonalardagi linoleum qoplamalarining 80 foizga yaqini yaroqsiz holga kelgani aniqlandi.

Mazkur holat bolalar uchun xavfsiz muhit yaratish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish hamda mashg‘ulot jarayonlarini sifatli tashkil etishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etildi.
Aniqlangan masala yuzasidan Navoiy shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘iga deputatlik so‘rovi yuborildi. Unda yaroqsiz holga kelgan linoleum qoplamalarini almashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, mavjud rejalar hamda belgilangan vazifalar yuzasidan tegishli ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Mazkur masala O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, 2019-yil 16-dekabrdagi O‘RQ-595-son “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena hamda xavfsizlik talablariga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida ko‘rib chiqilmoqda.

Slide 1 of 2