Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
20-Gulzor saylov okrugida fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi

20-Gulzor saylov okrugida fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi

Navoiy shahar texnikumi (sobiq Monomarkaz) binosida 20-Gulzor saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar ishtirokida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Mazkur sayyor qabulda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Dilmurod Ergashev, Navoiy shahar prokurori v.b. Xurshidjon Erkinov hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolarning uy-joy masalalari, bandlik, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, kommunal xizmatlar, kadastr, ta’lim, kontrakt to‘lovlari, ijtimoiy himoya hamda boshqa dolzarb masalalarga oid murojaatlari tinglandi.

Har bir murojaat mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida atroflicha o‘rganilib, ayrim masalalar joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

Sayyor qabullar fuqarolar bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash hamda ularni qonuniy va amaliy jihatdan hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ishlar belgilangan tartibda izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 7