Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
TAQACHI MAHALLASIDA TIBBIY XIZMATLAR SIFATI VA AHOLI SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISH MASALALARI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi

TAQACHI MAHALLASIDA TIBBIY XIZMATLAR SIFATI VA AHOLI SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISH MASALALARI O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zLiDePdan saylangan "14-Taqachi" okrugi deputati Dusmuxamedova Saodat Maxirdjanovna tomonidan okrugi hududidagi Taqachi mahallasida aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifati va fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam holati o‘rganildi.

📇 O‘rganish davomida fuqarolarning tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam olish hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Qabul davomida jami 25 nafar fuqaro murojaati ko‘rib chiqildi. Shundan 3 nafari statsionar davolanishga, 2 nafari tibbiy diagnostika markaziga, 6 nafari bolalar tibbiy diagnostika markaziga yo‘naltirildi. Yana 12 nafar fuqaroga poliklinika tomonidan bepul dori-darmon olish uchun retseptlar berildi.

🗂 Mazkur jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-son qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va fuqarolarning tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

📝 Fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish va amaliy yechim topish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i U.Karabayev bilan birgalikda masalalar ko‘rib chiqildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish va fuqarolarga zarur tibbiy xizmatlarni o‘z vaqtida ko‘rsatish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilanib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

💼 Jarayonda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov ishtirok etdi.

Slide 1 of 5