Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati tomonidan 27-iyuldan 31-iyulgacha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish Sh. Isamutdinov rahbarligida tashkil etilib, unda kotibiyat xodimlari ishtirok etdi.
#haftalik_ishlar_muhokamasi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati tomonidan 27-iyuldan 31-iyulgacha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish Sh. Isamutdinov rahbarligida tashkil etilib, unda kotibiyat xodimlari ishtirok etdi.

Muhokama jarayonida hafta davomida bajarilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusi haftaga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Xususan, saylov okruglarida olib borilgan o‘rganishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, doimiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda Kengash sessiyasiga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, deputatlik nazorati doirasidagi ishlarni keng yoritish, ijtimoiy tarmoqlarda faollikni oshirish, “E-kengash” tizimida hujjatlar bilan ishlash sifatini yaxshilash va ijro intizomini mustahkamlash yuzasidan mas’ul xodimlarga aniq topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida barcha vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish hamda ularning ijrosini tizimli nazoratga olish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash