Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
#doimiy komissiya_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
✔️Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jondor tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yili davomida tumandagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan taqdim etilgan axborot atroflicha muhokama qilindi.
✔️Ta’kidlanganidek, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolarini joyida hal etish, sayyor qabullarni samarali tashkil etish hamda murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish davlat organlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, tuman tashkilotlari rahbarlarining bu boradagi faoliyati tahlil qilinib, murojaatlar ijrosini ta’minlash, takroriy murojaatlarning oldini olish va mas’uliyatni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✔️Muhokamalar davomida murojaatlar bilan ishlashda aniqlangan ayrim kamchiliklar ham tanqidiy tahlil qilinib, ularni bartaraf etish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kengaytirish hamda har bir murojaatni qonuniy va adolatli hal etishga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi.
✔️Yig‘ilish yakunida doimiy komissiya tomonidan murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, mas’ul tashkilotlar rahbarlarining javobgarligini kuchaytirish hamda aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 3