Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
Fuqarolar muammosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev tumanning “Besh-tut” mahallasida aholi murojaatlarini "mahalla yettiligi" xodimlari ishtirokida “ko‘chabay” o‘rgandi. O‘rganish davomida fuqarolar o‘zlari istiqomat qilayotgan hudud yaqinida olib borilayotgan qurilish ishlari sababli yuzaga kelayotgan shovqin hamda chang aholiga noqulaylik tug‘dirayotgani, bu esa ayniqsa yoshi ulug‘ insonlar va bolalar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida murojaat qilishdi.

Murojaat yuzasidan Ekologiya inspeksiyasi mas’ul xodimlari ham jalb qilinib, qurilish ishlarining atrof-muhitga ta’siri, havoga tarqalayotgan chang miqdori va uning aholi yashash hududiga tarqalish holati maxsus tartibda tekshirildi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, chang zarralarining aholi xonadonlariga zarar yetkazish darajasida yetib bormayotgani aniqlanib, quruvchilarga qurilish ishlari davomida sanitariya-ekologiya talablariga qat’iy rioya etish, chang ko‘tarilishining oldini olish uchun hududni muntazam namlash, qurilish materiallarini belgilangan tartibda saqlash hamda shovqin darajasini imkoni qadar kamaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, qurilish ishlarini amalga oshirishda qonunchilikda belgilangan ekologik va sanitariya me’yorlariga to‘liq amal qilish, fuqarolarning tinch va xavfsiz yashash muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaslik, qo‘shni aholi manfaatlarini inobatga olish hamda kelgusida bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish lozimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2