Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tomonidan tumanning “Daxana” mahallasiga biriktirilgan yoshlar yetakchisi J.O‘rmanov faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimi, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar muammolarini hal etish, kasb-hunarga o‘qitish, doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minlash yuzasidan ko‘rilayotgan choralar yuzasidan ma’lumotlar o‘rganildi. Shuningdek, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish, o‘zini o‘zi band qilish dasturlariga jalb etish hamda kasbiy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan ishlar muhokama qilindi.

O‘rganish jarayonida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida sport musobaqalari, kitobxonlik tadbirlari, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, intellektual tanlovlar va madaniy tadbirlarni muntazam o‘tkazish holati tahlil qilindi. Mavjud to‘garaklar faoliyati, ularga yoshlarni jalb qilish darajasi hamda infratuzilma imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, uyushmagan yoshlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishga qaratilgan tadbirlar qamrovini kengaytirish hamda bandlikni ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2