Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📖 Qonun ijrosi va Kengash qarorlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S. To‘rayeva hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan Sherobod tumani Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

📋 Uchrashuv davomida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosi, belgilangan vazifalarning bajarilish holati, ijro intizomini mustahkamlash hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

📖 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘RQ–408-son Qonuni ijrosi yuzasidan savolnoma asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganish jarayonida hayvonot dunyosini muhofaza qilish sohasida qonun talablariga rioya etilishi, biologik xilma-xillikni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, noqonuniy ov qilishning oldini olish hamda xodimlarning mazkur yo‘nalishdagi bilim va amaliy faoliyati tahlil qilindi.

✅ O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, qonunchilik hujjatlari hamda Kengash qarorlari ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 5