Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
✅ Mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi



Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, O‘zLiDeP partiyasidan 1-Markaz saylov okrugidan saylangan deputat E.Saidovga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Ulug‘bekova tomonidan tumandagi Xo'ja MFYga biriktirilgan mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi soliq inspektori zimmasiga yuklatilgan vazifalarning ijrosi, xususan, soliq qonunchiligi talablarini aholiga tushuntirish, tadbirkorlik subyektlari bilan ishlash, soliq to‘lovchilar bazasini shakllantirish va yangilab borish, yashirin iqtisodiyotning oldini olish, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini qonuniylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari bilan ishlash, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda mahallada soliq intizomini mustahkamlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunlari yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berilib, yuklatilgan vazifalar ijrosini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4