Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
#Chinoz_tumani Sessiyadan oldin o‘rganish ishlari olib borildi


Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Surayyo Axmedova hamda komissiya a'zolari Mirsoat Mirsodiqov va Hikmatilla Hafizov tomonidan Chinoz tumani Adliya bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

🔰O‘rganish davomida bo‘lim faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, qonunchilik ijrosi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar tahlil qilindi.

📚 Norma ijodkorligi va huquqiy savodxonlik yo‘nalishida tuman adliya bo‘limi tomonidan hududdagi davlat organlari va tashkilotlariga 850 ga yaqin yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar yetkazilib, ularning mazmun-mohiyatini tushuntirish ishlari amalga oshirilgan.

✅Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi topshirig‘i hamda Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi buyrug‘i asosida tegishli tashkilotlarda 20 ta o‘rganish va 12 ta monitoring o‘tkazilib, natijada 103 ta qonunbuzilishi holati aniqlangan.

❇️Huquqiy targ‘ibot va ma'rifat yo‘nalishida hisobot davrida jami 172 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etilgan.
Shundan:
🔸12 marotaba televideniye,
🔸16 marotaba radio orqali chiqishlar amalga oshirilgan,
🔸gazetalarda 13 ta maqola chop etilgan hamda
🔸boshqa ommaviy axborot vositalari orqali aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilgan.
🔸FHDY organlari faoliyati bo‘yicha 2026-yilning ikki choragi yakunlariga ko‘ra:
🔸Tug‘ilish — 1016 ta,
🔸 Nikoh — 346 ta,
🔸 Ajrim — 115 ta,
🔸O‘lim — 326 ta qayd etilgan.
🔸 Eksterritoriallik tamoyili asosida fuqarolarga 1422 ta davlat xizmati ko‘rsatilib, aholining ortiqcha ovoragarchiligini oldini olish va xizmatlardan qulay foydalanishini ta'minlashga erishilgan.
🔸 Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan 2026-yilning 6 oyi davomida mehnat va fuqarolik munosabatlariga oid jami 26 658 ta hujjat ko‘rib chiqilgan.
Jumladan:
✅ 23 783 ta hujjatga ijobiy xulosa berilgan;
❌ Qonun hujjatlariga nomuvofiqligi va aniqlangan kamchiliklar sababli 2 453 ta hujjat rad etilgan.
✔️ Salbiy xulosa berilgan holatlar qayd etilmagan.

📖 O‘rganish yakunida bo‘lim faoliyati "Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida"gi O‘RQ–682-son Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ–3666-son qarori talablari asosida tashkil etilgani, qonunchilik talablariga rioya etilgan holda ish yuritilayotgani ma'lum bo‘ldi.

✍️O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi hamda faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tuman Adliya bo'limi boshlig'i F.Xaitmetovga tegishli tavsiyalar bildirildi.

🇺🇿 Qonun ustuvorligi, ochiqlik va shaffoflik — taraqqiyotning muhim omili!

Slide 1 of 7