Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 637-son qarori bilan tasdiqlangan “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurishi uchun garovsiz kredit ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom ijrosi yuzasidan hokim yordamchisining faoliyati maxsus savolnoma asosida o‘rganildi.
#qonun_19_1_modda
#doimiy_komissiya
#deputatlik_nazorati
#tavsiyalar
#ekspert_guruhi
#162_qonun


Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 637-son qarori bilan tasdiqlangan “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurishi uchun garovsiz kredit ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom ijrosi yuzasidan hokim yordamchisining faoliyati maxsus savolnoma asosida o‘rganildi.

O‘rganish davomida quyidagi masalalar yuzasidan tahlil olib borildi:

1. Hokim yordamchisining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
2. Hokim yordamchisi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan qanday ishlaydi?
3. Aholining muammolarini aniqlash va ularni hal etishda qanday mexanizmlar qo‘llaniladi?
4. Hokim yordamchisi tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qanday amaliy ishlar amalga oshiriladi?
5. Ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash bo‘yicha qanday choralar ko‘riladi?
6. Garovsiz kredit ajratish jarayonida hokim yordamchisining roli nimadan iborat?
7. Hududdagi muammolarni yuqori tashkilotlarga yetkazish tartibi qanday?
8. Hokim yordamchisi faoliyatining samaradorligi qanday baholanadi?
9. Mahalla bilan ishlashda qanday hamkorlik tizimi yo‘lga qo‘yilgan?
10. Hokim yordamchisi faoliyatida uchraydigan asosiy muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilmoqda?

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar deputatlik nazorati doirasida tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram. Instagram. Facebook. Youtube. E-kengash