Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
#deputat nazorati

Olmaliq shahar "Oltin" mahallasi hududida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketilishi va hududning tozaligi yuzasidan Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi 5-okrug deputati Sayfiddin Subanov tomonidan navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
🔍 O‘rganish davomida:
Nazorat tadbiri davomida hududdagi 3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti atrofida noxush holat kuzatildi. Mazkur bog‘cha yaqinidagi Faxriylar ko‘chasida faoliyat yuritayotgan ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan chiqindilarni belgilanmagan joyga, noqonuniy ravishda tashlash holatlari aniqlandi. Bu esa hududda sanitariya-antisanitariya holatining yomonlashishiga va aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
🛠 Ko‘rilgan choralar va natija:
Deputat tomonidan qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni belgilangan tartibda utilizatsiya qilish bo‘yicha tushuntirish va ogohlantirish ishlari olib borildi.
Mas’ullarga topshiriq berildi: Hududdagi to‘planib qolgan chiqindilarni zudlik bilan bartaraf etish hamda kelgusida grafik asosida o‘z vaqtida olib chiqib ketilishini ta’minlash bo‘yicha chiqindi tashishga mas’ul tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
📢 Deputat nazorati: Mazkur hududda ekologik tozalikni saqlash va aniqlangan kamchiliklarni to‘liq bartaraf etish masalasi deputat Sayfiddin Subanov tomonidan qat’iy nazoratga olindi.

Zero, hududlar tozaligi va farzandlarimiz tarbiyalanayotgan maskanlar atrofining saranjom-sarishtaligi barchamizning umumiy burchimizdir.
✍️ Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi: Muhriddin Begmatov

Slide 1 of 2