Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
24-Chinor saylov okrugi “Ishonch” mahallasida 35-sonli qaror ijrosi o‘rganildi

24-Chinor saylov okrugi “Ishonch” mahallasida 35-sonli qaror ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov 24-Chinor saylov okrugi hududidagi “Ishonch” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, Oliy Majlis Senati Kengashining **35-sonli qarori ijrosi yuzasidan mahalla yettiligi bilan uchrashdilar.

Uchrashuvda mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, aholi bandligi, fuqarolar bilan manzilli ishlash hamda hududdagi mavjud muammolar muhokama qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Ishonch” mahalla fuqarolar yig‘ini hududi 22 gektar maydonni tashkil etadi. Mahallada 3076 ta xonadon, 2976 ta oila mavjud bo‘lib, jami aholi soni 7910 nafarni tashkil qiladi. Shundan 3916 nafari erkaklar, 3994 nafari ayollardir.

Aholining yosh tarkibiga ko‘ra, mahallada 1089 nafar maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar, 3082 nafar voyaga yetmaganlar, 1817 nafar 14–30 yoshdagi yoshlar hamda 1037 nafar 60 yosh va undan katta keksalar istiqomat qiladi.

Ijtimoiy holat bo‘yicha mahallada 1528 nafar pensioner, shundan 1037 nafari ayollar, 491 ta boquvchisini yo‘qotgan oilalar, 8 nafar yolg‘iz keksalar hamda 6 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolar mavjud.

Uchrashuv davomida aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalla hududidagi infratuzilma holati, ichki yo‘llar, elektr ta’minoti, ichimlik suvi va boshqa kommunal masalalar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida mahalla yettiligiga belgilangan vazifalarni samarali tashkil etish, mavjud muammolarni manzilli hal qilish va aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3