Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
#deputat faoliyatidan

Aholi madaniy hordig‘ini mazmunli tashkil etish, yoshlarning iste’dodini yuzaga chiqarishda madaniyat markazlarining o‘rni beqiyos. Shu maqsadda, Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 8-okrug deputati Sanjar Mamayusupov hamda bosh mutaxassis Mukarram Nematullayeva tomonidan "Metallurg" madaniyat saroyida navbatdagi ishchi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

Moddiy-texnik baza va shart-sharoitlar: To‘garak xonalarining holati, qishki va yozgi mavsumga tayyorgarlik, bino ichki muhitining talabga javob berishi;
Sahna dekoratsiyalari va jihozlanishi: Madaniy tadbirlar, konsert va spektakllar namoyishi uchun sahna bezaklari, ovoz hamda yoritish tizimlarining sozligi;
Kadrlar salohiyati: Markazda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, to‘garak rahbarlarining malakasi hamda yoshlar bilan ishlash tizimi;
To‘garaklar faolligi: Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan yo‘nalishlar qamrovi va ularga yaratilgan imkoniyatlar.

Muloqotlar davomida erishilgan yutuqlar e’tirof etilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Xususan, sahna dekoratsiyalarini zamonaviylashtirish va to‘garaklar faoliyatiga raqamli texnologiyalarni yanada kengroq joriy etish masalalari muhokama qilindi.
"Madaniyat saroyi shunchaki bino emas, u shahrimiz ma’naviy hayotining yuragidir. Bu yerga kelayotgan har bir fuqaro, ayniqsa yoshlarimiz eng zamonaviy va sifatli sharoitlardan foydalanishga haqli," — deb ta’kidladi deputat S.Mamayusupov.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar shahrimizdagi madaniyat va san’at maskanlarining nufuzini oshirish, xodimlarni qo‘llab-quvvatlash va aholiga ko‘rsatilayotgan madaniy xizmatlar sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4