Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
#nazorat tadbiri

Koʻp qavatli uylarda yashovchi aholining xavfsizligini taʼminlash, kommunal sohadagi muammolarni vaqtida aniqlash va bartaraf etish xalq vakillarining doimiy eʼtiborida.

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Faxriddin Matasimov hamda shahar Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi Muhriddin Begmatov tomonidan “Chambil” mahallasi hududidagi koʻp qavatli uylarning bugungi holati atroflicha oʻrganildi.
Hududga xizmat koʻrsatuvchi “Injiner-Ramz” boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni sifat jihatidan tahlil qildi. Oʻrganish davomida quyidagi muhim yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratildi:
Yertoʻlalar holati: Sanitariya-epidemiologik barqarorlikni taʼminlash va noxush hidlarning oldini olish darajasi;
Elektr xoʻjaligi: Elektr shitlarining texnik sozligi, ochiq qolgan simlar yoki yongʻin xavfini tugʻdiruvchi omillarning bor-yoʻqligi;
Tizimli xavfsizlik: Begona shaxslar yoki bolalarning chiqishini cheklash maqsadida tom qismiga kirish joylarining muhofazalanganligi.
🚨Aniqlangan kamchiliklar va qatʼiy topshiriqlar
Afsuski, oʻrganish jarayonida aholi, ayniqsa yosh bolalar hayoti va xavfsizligiga bevosita daxldor boʻlgan bir qator jiddiy kamchiliklar koʻzga tashlandi. Xususan:
Koʻp qavatli uylarning tomga chiqish lyuklari qulflanmagan, ochiq holatda tashlab qoʻyilganligi;
Elektr shitlarining texnik holatida xavfsizlik qoidalariga zid boʻlgan holatlar mavjudligi aniqlandi.

“Aholi yashash joylarida xavfsizlik masalasiga panja ortidan qarashga hech kimning haqqi yoʻq”, — deya taʼkidladi deputat F.Matasimov.

Aniqlangan barcha kamchiliklarni qisqa muddatlarda butkul bartaraf etish, elektr tizimlarini tartibga keltirish va tom eshiklariga qulflar oʻrnatib, xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha “Injiner-Ramz” BSK rahbar hamda masʼullariga rasmiy koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Ijroning borishi va aholi farovonligi uchun masʼuliyatli xizmat koʻrsatilishi xalq vakili hamda Kotibiyat tomonidan qatʼiy nazoratga olindi.

Slide 1 of 4