Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
Yashnaobod mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi

Yashnaobod mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Qanoatov hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova hamkorligida Yashnaobod mahallasi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 388-son qarori asosida yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarini samarali amalga oshirish, shuningdek, ularning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mikrokreditlar ajratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallada mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, hujjatlar yuritilishi hamda fuqarolar bilan ishlash tizimi ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlar samaradorligini yanada oshirish va belgilangan vazifalarni sifatli tashkil etish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 3