Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
#kuz_qish #nazorat

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan aholini qiynayotgan masalalarni joyiga chiqqan holda oʻrganish hamda ularni tezkor bartaraf etish yuzasidan tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
Deputat vakillari sifatida Kotibiyat xodimlari tomonidan shahardagi muhim ijtimoiy obektlar koʻzdan kechirildi:

🏥 Olmaliq shahar markaziy shifoxonasi: Bemorlar va shifokorlarga qulaylik yaratish maqsadida muassasadagi liftlarning ishlash tizimi tekshirildi. Oʻrganishlar davomida lift tizimi doimiy ish faoliyatida ekanligi hamda hech qanday nosozliklar yoʻqligi aniqlandi.

🏫 Abdulla Qahhor mahallasi (1-sonli maktab):
Mazkur taʼlim muassasasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni va issiqlik tizimining holati koʻzdan kechirildi. Maktabda mavsumga tayyorgarlik ishlari yaxshi yoʻlga qoʻyilganligi maʼlum boʻldi.
Nega bu muhim?
Ushbu oʻrganishlardan koʻzlangan asosiy maqsad — qishning gʻanimat kunlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan qiyinchiliklar va kutilmagan muammolarning oldini olish hamda tizimli nazoratni oʻrnatishdir.
Aholi farovonligi va ijtimoiy soha obektlarining barqaror faoliyati deputatlarning doimiy eʼtiborida. Xalq farovonligi yoʻlidagi amaliy ishlar davom etadi.

Slide 1 of 5