Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
Fuqarolar bilan ochiq muloqot – deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 12-“Saxovat” saylov okrugi deputati X.Jurayev o‘z saylov okrugiga qarashli “Tinchlik” mahallasida bo‘lib, fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul va ochiq muloqot o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuv mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida tashkil etilib, unda aholini qiynayotgan dolzarb masalalarni o‘rganish, murojaatlarni bevosita joyiga chiqib ko‘rib chiqish hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralarni belgilashga alohida e’tibor qaratildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ishga joylashtirish, moddiy yordam ajratish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash hamda turmush sharoitini yaxshilash bilan bog‘liq qator murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat deputat tomonidan atroflicha tinglanib, ularning mazmuni yuzasidan batafsil suhbat olib borildi.
Murojaatlarning ayrimlari yuzasidan fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirokini talab etadigan masalalar deputat nazoratiga olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ul idoralarga tegishli tartibda yo‘naltirilishi belgilandi.
Uchrashuv davomida mahalla aholisining fikr-mulohazalari, takliflari va tashabbuslari ham tinglanib, hududni yanada obod qilish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, bandlikni ta’minlash hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Ta’kidlanganidek, deputatlarning saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlari fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda samarali hal etishda muhim o‘rin tutadi. Bunday ochiq muloqotlar davlat organlari va aholi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, xalq manfaatlarini ta’minlash hamda deputatlik nazoratining amaliy samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 1