Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
“Eskishahar” mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, kotibiyat mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar Kengashning 20-“Eskishahar” saylov okrugi deputati Sh.Lolayev okrugiga qarashli “Eskishahar” mahallasida bo‘lib, mahalla aholisi bilan uchrashib, fuqarolar murojaatlarini qabul qildilar.
Qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan murojaat qilib, mavjud muammolarni hal etishda amaliy ko‘mak va huquqiy tushuntirishlar so‘radilar. Har bir murojaat mas’ullar tomonidan diqqat bilan tinglanib, uning kelib chiqish sabablari, amaldagi holati hamda qonunchilik asosida hal etish imkoniyatlari o‘rganildi.
Jumladan, fuqarolarning murojaatlarida uy-joy hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq masalalar alohida o‘rin egalladi. Ushbu yo‘nalishda fuqarolarga mavjud hujjatlarni qonuniy tartibda rasmiylashtirish, tegishli idoralarga murojaat qilish tartibi va zarur hujjatlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, moddiy yordam masalalari ham ko‘rib chiqilib, ehtiyojmand fuqarolarning ijtimoiy holati, mavjud ehtiyojlari va ularga ko‘mak ko‘rsatish imkoniyatlari yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi. Murojaatlarni ko‘rib chiqishda yordamning manzilliligi va fuqarolarning real ehtiyojidan kelib chiqish muhimligi qayd etildi.
Qabul jarayonida ayrim masalalarni joyida hal etish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddi xodimlar bilan hamkorlikda ish olib borish zarurligi belgilandi.
Shu bilan birga, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashda faqatgina muammoni qayd etish bilan cheklanib qolmasdan, uning yakuniy yechimini ta’minlash, murojaatlarning ijrosini nazoratga olish va fuqaroga amaliy natija bilan javob berish muhimligi ta’kidlandi.
Bunday sayyor qabullar aholining muammolarini mahallaning o‘zida o‘rganish, fuqarolar va davlat organlari o‘rtasidagi bevosita muloqotni kuchaytirish, murojaatlarni tezkor va manzilli hal etish hamda deputatlik nazoratining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Aholi bilan muloqot — muammolarni aniqlashning, amaliy yechim esa ishonchni mustahkamlashning muhim omilidir.