Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
“Shodlik” mahallasida deputatlik nazorati doirasida nazorat-tahlil ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, kotibiyat mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar Kengashning 13-“Shodlik” saylov okrugi deputati A.Karimov okrugiga qarashli “Shodlik” mahallasida bo‘lib, mahalla faollari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Nazorat-tahlil tadbirlari mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining asosiy mezonlaridan biri sifatida belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” asosida tashkil etildi. O‘rganish jarayonida mazkur yo‘nalishlarning har biri bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar, mavjud muammolar va ularni hal etish borasida ko‘rilayotgan choralar atroflicha tahlil qilindi.
Xususan, mahallada aholining bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, oilalarning daromadlarini oshirish, yoshlar bilan ishlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘maklashish, hududni obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash borasidagi ishlarning holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahalla faollari tomonidan aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish, fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish borasidagi faoliyat ham o‘rganildi.
Nazorat jarayonida aniqlangan ayrim muammolar yuzasidan ularni bartaraf etishning aniq mexanizmlari muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Bunda muammolarni faqat qayd etish bilan cheklanib qolmasdan, ularning amaliy yechimini ta’minlash, ijrosi yuzasidan muntazam nazorat o‘rnatish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, o‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi alohida tahlil qilindi. Farmonda belgilangan vazifalarning mahalla hayotiga amaliy joriy etilishi, mahalla boshqaruvining samaradorligini oshirish, mahalla faollari faoliyatini takomillashtirish va aholi bilan ishlash tizimini kuchaytirish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.
Nazorat-tahlil tadbiri yakunida mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar bildirildi.
Deputatlik nazorati — mahalladagi muammolarni aniqlash, ularning yechimini ta’minlash va aholi manfaatlarini himoya qilishning muhim vositasidir.