Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
Tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat F.Axmedov va kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonlaridan tumanning “Sijjak” mahallasida joylashgan “Sijjak” oilaviy shifokorlik punktida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlari sifati, tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasi hamda bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida muassasada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayoni, tibbiyot xodimlarining faoliyati, qabul xonalari, mavjud jihozlar hamda dori vositalari bilan ta’minlanganlik holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari va fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammolar yuzasidan ularning fikr va takliflari tinglandi.

O‘rganish natijasida muassasada bir qator kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Xususan, oilaviy shifokorlik punktining ichimlik suvi ta’minoti talab darajasida emasligi tibbiy xizmatlarni uzluksiz tashkil etishda qiyinchiliklarni keltirib chiqarayotgani qayd etildi. Shuningdek, tibbiy xodimlar uchun mavjud xonalar yetarli emasligi sababli ayrim xizmatlarni sifatli tashkil etish imkoniyatlari cheklanayotgani ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, zarur turdagi ayrim dori vositalari zaxirasi yetarli emasligi, bu esa bemorlarga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatishda muayyan muammolarni keltirib chiqarayotganligi aniqlandi.

Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida mas’ul tashkilotlarga oilaviy shifokorlik punktini barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlash, qo‘shimcha xizmat xonalarini tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish hamda muassasani zarur dori vositalari bilan to‘liq ta’minlash bo‘yicha deputat so‘rovi chiqarilishi belgilandi.

Slide 1 of 3