Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
Bekho mahallasidagi tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi

 Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan biznes faoliyatini rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, kommunal xizmatlar sifati, elektr va suv ta’minoti hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga oid taklif va murojaatlar bildirildi. Deputat har bir masala yuzasidan tadbirkorlarning fikr-mulohazalarini tinglab, ularni ijobiy hal etish yuzasidan amaliy choralarni belgilab oldi.

Shuningdek, deputat mahalla hududida faoliyat ko‘rsatayotgan savdo shoxobchalarida bo‘lib, iste’mol bozoridagi narx-navoning barqarorligi, aholiga taklif etilayotgan oziq-ovqat va kundalik iste’mol mahsulotlarining sifati hamda savdo xizmatlari holatini jamoatchilik nazorati doirasida o‘rgandi.

O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda tegishli masalalar yuzasidan vakolatli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish orqali ularning ijrosini nazoratga olish belgilandi.

Tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish va hududdagi muammolarni amaliy hal etish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 2