Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
Suv tejovchi texnologiyalardan foydalanayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun soliq imtiyozlari

Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliqlarni o‘stirish (yetishtirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi yerlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun 2026-yilda suv solig‘i stavkasi 1 kub metr yer usti va yer osti suv resurslari manbalari uchun 107 so‘m miqdorida belgilandi.
️Soliq kodeksiga muvofiq suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy qilinganda hamda sug‘orish uchun olingan suv hajmi suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanganda — 0,5 kamaytiruvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi;
️suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy qilinganda yoki sug‘orish uchun olingan suv hajmi suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanganda — 0,7 kamaytiruvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi;
️baliqchilik uchun olingan suv hajmi suv oʻlchash uskunalari asosida aniqlanganda — 0,7 kamaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi;
️Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy qilinmaganda hamda sug‘orish uchun olingan suv hajmi suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanmaganda esa — 1,1 oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi.
Shuningdek, Soliq kodeksining 428-moddasiga muvofiq suvni tejaydigan (tomchilatib, yomg‘irlatib, diskret va boshqa) sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan yerlar — suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan e’tiboran 5 yil muddatga yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod etiladi.