35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
янв.21
Deputat hududda: Sport majmuasini kapital ta’mirlash loyihasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
DEPUTAT TASHRIFI: KO‘ZI OJIZLAR KUTUBXONASIDAGI SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: IJTIMOIY DORIXONADAGI SHART-SHAROITLAR VA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash: Karmana tumanida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
HUDUDLARNI RIVOJLANTIRISHDA YANGI BOSQICH: "MAHALLA YETTILIGI" BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
#Deputat_nazorati: "Yangiariq" mahallasida chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketilishi oʻrganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilayotgan imtiyozlar amalda: Hokim yordamchisi ko‘magida "Xazora" mahallasidagi ehtiyojmand oilaga ssuda ajratildi
янв.21
Karmana tumanida xizmat ko‘rsatish sohasi rivoji: Deputat mahallada amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishdi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

💼 Hokim yordamchisi faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 13-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati N. Saidova tomonidan saylov okrugiga qarashli "Balxiguzar" mahallasida deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

📍 O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi I. Samadovning faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi. Xususan, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning daromadlarini oshirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

🤝 Shuningdek, hududda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✅ Deputatlik faoliyati doirasidagi bunday o‘rganishlar davlat dasturlari ijrosini ta’minlash, mahallalarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda aholi manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2