35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
янв.21
Deputat hududda: Sport majmuasini kapital ta’mirlash loyihasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
DEPUTAT TASHRIFI: KO‘ZI OJIZLAR KUTUBXONASIDAGI SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: IJTIMOIY DORIXONADAGI SHART-SHAROITLAR VA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash: Karmana tumanida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
HUDUDLARNI RIVOJLANTIRISHDA YANGI BOSQICH: "MAHALLA YETTILIGI" BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
#Deputat_nazorati: "Yangiariq" mahallasida chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketilishi oʻrganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilayotgan imtiyozlar amalda: Hokim yordamchisi ko‘magida "Xazora" mahallasidagi ehtiyojmand oilaga ssuda ajratildi
Tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 2025-yil 28-fevraldagi VII-6-35-8-115-K/25-sonli qaroriga muvofiq tuman Kengashi huzurida ekspert guruhi tashkil etilgan bo‘lib, mazkur qarorning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga asosan guruhning asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari belgilab berilgan.

Mazkur Nizom talablaridan kelib chiqqan holda, ekspert guruhi a’zolari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarda gender tengligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan qoida va normalarni aniqlash, shuningdek qonun hujjatlari ijrosini baholash maqsadida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limida o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida, avvalo, O‘zbekiston Respublikasining «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi hamda «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunlari talablarining ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, quyidagi yo‘nalishlar atroflicha tahlil qilindi:
🔹 qonun mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazish va uning ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar;
🔹 tashkilotda gender tengligini ta’minlashga qaratilgan ichki hujjatlar, rejalar va dasturlar hamda ularning ijrosi;
🔹 ishga qabul qilish, lavozimga tayinlash, xizmatda ko‘tarish, malaka oshirish va rag‘batlantirish jarayonlarida jins bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik holati;
🔹 rahbarlik va mas’ul lavozimlarda xotin-qizlar hamda erkaklarning mutanosib ishtirokini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
🔹 gender kamsitilishi, teng mehnat uchun teng haq to‘lash va shahvoniy shilqimlik holatlari yuzasidan murojaatlar hamda ularning ko‘rib chiqilishi;
🔹 xodimlarning kasbiy rivojlanishi, malaka oshirishi va qayta tayyorlanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar;
🔹 homilador ayollar, yosh bolali hamda oilaviy majburiyatlari mavjud xodimlar uchun mehnat va ijtimoiy kafolatlarning ta’minlanishi;
🔹 tashkilotda gender tengligi masalalari bo‘yicha mas’ul shaxs yoki tarkibiy tuzilma faoliyati;
🔹 xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida o‘tkazilayotgan seminarlar, targ‘ibot va tushuntirish ishlari;
🔹 qonun ijrosini ta’minlashda uchrayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va tashabbuslar.

O‘rganish yakunida sohada amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, qonunchilik talablarining samarali ijrosini ta’minlash, gender tengligini yanada mustahkamlash va xotin-qizlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 2