Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
янв.21
Deputat hududda: Sport majmuasini kapital ta’mirlash loyihasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
DEPUTAT TASHRIFI: KO‘ZI OJIZLAR KUTUBXONASIDAGI SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: IJTIMOIY DORIXONADAGI SHART-SHAROITLAR VA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash: Karmana tumanida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
HUDUDLARNI RIVOJLANTIRISHDA YANGI BOSQICH: "MAHALLA YETTILIGI" BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
#Deputat_nazorati: "Yangiariq" mahallasida chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketilishi oʻrganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilayotgan imtiyozlar amalda: Hokim yordamchisi ko‘magida "Xazora" mahallasidagi ehtiyojmand oilaga ssuda ajratildi
Kengash raisi D.Safarova va deputatlar nazoratida: Oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va bepul dorilar ta’minoti o‘rganildi

Kengash raisi D.Safarova va deputatlar nazoratida: Oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va bepul dorilar ta’minoti o‘rganildi

Aholi salomatligini muhofaza qilish va tibbiy xizmat sifatini yaxshilash doimiy e’tiborda.

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi D. Safarova boshchiligida xalq vakillari (deputatlar) tomonidan hududdagi oilaviy poliklinika faoliyati atroflicha o‘rganildi.
Deputatlik nazorati davomida asosiy urg‘u tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda qonunchilikda belgilangan bepul dori-darmonlarning tarqatilish holatiga qaratildi.

O‘rganish davomida deputatlar tomonidan quyidagilar tahlil qilindi:
🔹 Bemorlarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish tezkorligi va sifati;
🔹 Davlat tomonidan ajratilayotgan bepul dori vositalarining o‘z egalariga (ehtiyojmand va surunkali kasalligi bor bemorlarga) adolatli va shaffof tarqatilishi;
🔹 Tibbiyot xodimlarining bemorlarga bo‘lgan munosabati va shifokorlar qabulidagi navbatlar tartibi