Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 2-“Shalxar” saylov okrugi deputati K.Narchayev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi T.Xaydarov tomonidan hududda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holati yuzasidan monitoring o‘tkazildi.

O‘rganish davomida aholi yashash maskanlari, ko‘chalar va chiqindi to‘plash maydonchalarining sanitariya holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, chiqindilarni belgilangan jadval asosida olib chiqish, hududlarning ozodaligini ta’minlash hamda sanitariya qoidalariga rioya etilishi yuzasidan mavjud holat tahlil qilindi.

Monitoring jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Hududlarda tozalik va obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Fuqarolar uchun qulay va ozoda yashash muhitini yaratish, atrof-muhit musaffoligini ta’minlash hamda sanitariya holatini yaxshilash borasidagi nazorat tadbirlari bundan buyon ham muntazam davom ettiriladi.

Slide 1 of 3