Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
Deputat o‘z okrugidagi mahallalarda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Mazkur jarayonlarda xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi deputati Dilfuza Qo‘ziyeva o'z saylov okrugidagi "Bog‘aro" mahallasida, kotibiyat bosh mutaxassisi T.Gulmatov bilan birgalikda hududlarga chiqib, amalga oshirilayotgan ishlarni joyida o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida mahallalarning sanitariya holati, ichki ko‘chalar obodonchiligi, yo‘l yoqalari va ariq-zovurlarni tozalash, daraxtlarni oqlash va shakl berish, ko‘kalamzorlashtirish, ichimlik suvi hamda tungi yoritish tizimi, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ijtimoiy soha obyektlari, qabristonlar va jamoat maskanlarining holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, "Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar, "mahalla yettiligi" faoliyati, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, mahallalarda jamoatchilik faolligini oshirish hamda fuqarolarni obodonlashtirish ishlariga keng jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas'ul tashkilotlar va mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

Slide 1 of 3