Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
Bolalar shifoxonasida bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan Qo‘qon shahar Bolalar shifoxonasida bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida shifoxonada bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, davolash bo‘limlaridagi sharoitlar, palatalarning sanitariya-gigiyena holati, tibbiy jihozlar va zarur dori-darmonlar bilan ta’minlanganlik darajasi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, bemor bolalar va ularning ota-onalari uchun yaratilgan qulayliklar, ovqatlanish sifati, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi hamda tibbiyot xodimlarining fuqarolar bilan ishlash madaniyati yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish jarayonida shifoxonaning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda bemorlar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash va mavjud sharoitlarni takomillashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4