Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
Yuqumli kasalliklar shifoxonasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining 2026-yil 6 oyi mobaynidagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan Kengashning Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan Qo‘qon shahar Yuqumli kasalliklar shifoxonasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida shifoxonada bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, davolash jarayonlari, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, dori-darmon va tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda tibbiyot xodimlari faoliyati atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, yuqumli kasalliklarning oldini olish, bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va davolash, epidemiologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shifoxonaning moddiy-texnik bazasi hamda bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan palatalar, davolash bo‘limlari va yordamchi xizmatlar faoliyati ko‘zdan kechirilib, fuqarolarga sifatli va xavfsiz tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish natijalari asosida aniqlangan holatlar umumlashtirilib, tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi hamda ular Shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining 2026-yil 6 oylik hisobotini sessiyada ko‘rib chiqish jarayonida inobatga olinadi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3