Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi va deputati Yu.To‘ychiyev tomonidan fuqarolar murojaati asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatning "Chorchinor" mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvi davomida Saxovat ko‘chasi 3-uyda yashovchi fuqaro F.Miraxmedova onkologik kasallikni davolash uchun bepul kimyoterapiya olish masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Mazkur murojaat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari O.Qurbonov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida fuqaro F.Miraxmedovani onkologik kasalligini davolash, bepul kimyoterapiya olishi uchun amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek, ushbu davolanishni amaldagi tartib asosida tashkil etish imkoniyatlari va ko‘riladigan choralar yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qo‘llab-quvvatlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va natijalar haqida jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2