Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat S.Ramatjonov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “Daxana” mahallasiga biriktirilgan hokim yordamchisi Z.Qaxxorovaning xizmat faoliyati hamda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan xonadonbay ishlash tizimi asosida olib borilayotgan ishlar, fuqarolarning daromad manbalarini oshirish, ishsiz aholini doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish hamda o‘zini o‘zi band qilishga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Shuningdek, ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash, ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan fuqarolarga imtiyozli kreditlar, subsidiyalar va davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish yuzasidan ko‘rsatilayotgan amaliy yordam holati ko‘rib chiqildi

O‘rganish davomida aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, investitsiya loyihalariga aholini keng jalb qilish, yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlar va xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, mahalladagi iqtisodiy faollikni oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Slide 1 of 2