Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 27-SESSIYASIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING PARKENT TUMANIDAGI XALQ QABULXONASI AXBOROTI ESHITILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 27-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parkent tumanidagi Xalq qabulxonasining tumanda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda aholi muammolari bilan ishlash holati yuzasidan axboroti eshitildi.Mazkur masala yuzasidan axborotni Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 23-"Nomdanak" saylov okrugidan saylangan deputat, Parkent tumani hokimi Elmurod Po‘latov taqdim etdi.Axborot davomida tumanda fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, sayyor qabullarni tashkil etish, murojaatlar orqali ko‘tarilgan muammolarni tizimli hal etish, ijro intizomini ta’minlash hamda aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.Shuningdek, murojaatlar tahlili asosida aniqlangan dolzarb muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda kelgusida amalga oshirilishi belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan axborot taqdim etildi.Mazkur masala bo‘yicha Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi Mannonov Abduzarif Abduraufovich tomonidan doimiy komissiyaning xulosasi o‘qib eshittirildi va sessiya ishtirokchilari tomonidan muhokama qilindi.Muhokamalar davomida fuqarolar murojaatlarining o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash, takroriy murojaatlar sonini kamaytirish, joylardagi muammolarni tizimli hal etish hamda mas’ul tashkilotlarning bu boradagi faoliyatini yanada kuchaytirish yuzasidan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.Muhokamalar yakunida deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar inobatga olinib, mazkur masala yuzasidan Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining tegishli qarori qabul qilindi.  

Slide 1 of 4