Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘li tomonidan saylovchilardan kelib tushgan murojaatlar hamda hududdagi yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq mavjud holat asosida Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘iga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida Naqqoshlik ko‘chasi, Nosirxon masjididan chiqaverish yo‘lida transport vositalari va piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlash, mazkur hududdagi mavjud vaziyatni vakolatli tartibda o‘rganish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha choralarni ko‘rish masalasi ko‘tarilgan.

-Xususan, ushbu yo‘l uchastkasida transport oqimi, piyodalar harakati, ko‘rinish masofasi, tezlik rejimi, tirbandlik darajasi va avariya xavfi yuzasidan tahlil o‘tkazilganligi, shuningdek, sun’iy notekislik (tezlikni pasaytiruvchi qurilma), tegishli yo‘l belgilari yoki boshqa texnik vositalarni o‘rnatish imkoniyati ko‘rib chiqilgan yoki chiqilmaganligi yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etilishi;

-shuningdek, deputat so‘rovida mazkur hududda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan va rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar, zarurat aniqlangan taqdirda esa yo‘l harakatini tashkil etish sxemasiga o‘zgartirish kiritish, tegishli texnik vositalarni o‘rnatish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar hamda amalga oshirish muddatlari to‘g‘risida qonunchilikda belgilangan tartibda yozma axborot taqdim etilishi so‘ralgan.

Slide 1 of 3