Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
#haftalik_ish_reja #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🏛️Ijtimoiy himoya tizimi va qonunlar ijrosi deputatlik nazoratida
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar Kengashning 10-“Navro‘z” saylov okrugi deputati X.Xolmuminovning okrugiga qarashli “Baynalminal” mahallasida bo‘ldilar.

💬Mas’ullar tashrif davomida mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyatini davlatimiz tomonidan qabul qilingan qonun hujjatlari ijrosi kesimida atroflicha tahlil qildilar hamda suhbat o‘tkazdilar. Xususan:

🟢O‘zbekiston Respublikasining "Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida"gi 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ–415-son Qonuni talablari asosida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati va manzilliligi;

🟢O‘zbekiston Respublikasining "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi 2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ–641-son Qonuni doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash hamda inklyuziv muhitni yaratish borasida olib borilayotgan ishlar;

🟢O‘zbekiston Respublikasining "Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida"gi 2025-yil 9-dekabrdagi Qonuni asosida fuqarolarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimidagi huquqlari, ijtimoiy kafolatlarning amaliy ta'minlanishi hamda mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

💬 O‘rganish davomida ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, ehtiyojmand fuqarolarni to‘liq qamrab olish, murojaatlarga tezkor va manzilli yechim topish, ijtimoiy himoya tizimida ochiqlik va samaradorlikni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🫥Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan joylarda olib borilayotgan bunday nazorat-tahlil tadbirlari orqali qonunlar ijrosi muntazam o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash yuzasidan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.