Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
Yoshlar manfaatlari yo‘lida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 26-fevraldagi KQ-102-V-son "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari huzurida Yoshlar maslahat guruhini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlash hamda mazkur qaror asosida Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2025-yil 28-maydagi III-9-41-14-204-K/25-son "Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi huzurida Yoshlar maslahat guruhini tashkil qilish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, Chilonzor tumani Kengashi huzurida Yoshlar maslahat guruhi tashkil etilgan.

Mazkur guruh faoliyati yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning muammo va ehtiyojlarini tizimli o‘rganish, davlat organlari hamda tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, yoshlar tomonidan ilgari surilayotgan taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashishga qaratilgan.

Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Chilonzor tumani Yoshlar ishlari bo‘limi hamda mahallalardagi Yoshlar yetakchilari bilan hamkorlikda bitiruvchi yoshlar ishtirokida manzilli uchrashuv va ochiq muloqotlar muntazam ravishda tashkil etilmoqda.

Uchrashuvlar davomida bitiruvchi yoshlarning bandlik masalalari, kasb tanlash, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish istagi, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari hamda ularni qiynayotgan dolzarb muammolar o‘rganilib, har bir murojaat yuzasidan amaliy yechimlar ishlab chiqish va tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish ishlari amalga oshirilmoqda.

Slide 1 of 1