Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
Tuman sport maktabida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Bugungi kunda Bog‘ot tuman sport maktabida 22 ta sport turi bo‘yicha 1723 nafar yoshlar muntazam shug‘ullanib kelmoqda. Ularning 428 nafarini qizlar tashkil etadi.

Tumanda sportni ommalashtirish va yoshlarni jalb etish maqsadida 43 ta mahallada tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 9 nafar trener-seleksioner mahallalarga biriktirilgan.

2026 yil davomida sportchilarimiz respublika chempionatlari va kuboklarida 41 ta, xalqaro musobaqalarda esa 14 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistonda o‘tkazilgan nufuzli xalqaro musobaqalarda Bog‘ot tumani yoshlari munosib ishtirok etib, Osiyo chempionati g‘olibligi, xalqaro turnirlar g‘olibligi hamda jahon chempionati yo‘llanmalarini qo‘lga kiritdi.

2026 yilda 21 nafar sportchi O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibiga, 138 nafar sportchi esa viloyat terma jamoasiga qabul qilingan.

Tuman hokimi Olimpiadasida 1250 nafar sportchi ishtirok etib, 274 nafari g‘olib va sovrindor bo‘lgan. Viloyat bosqichida esa 50 nafar sportchimiz sovrindor bo‘lib, 18 nafari Prezident Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.

Slide 1 of 9