Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘.Axmedov tomonidan Fayziobod mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda mahalla faollari, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar hamda fuqarolar ishtirok etib, hududni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish va fuqarolarning turmush farovonligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Muloqot davomida deputat tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, qabul qilinayotgan qonunlar hamda ularning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda joylardagi mavjud muammolarni hal etishda deputatlik nazoratining ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Deputat bunday uchrashuvlar aholining kayfiyati, muammolari va takliflarini bevosita o‘rganish, ularning yechimi yuzasidan samarali choralar ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Tadbir yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar kelgusidagi deputatlik faoliyatida
alohida e’tiborga olinishi qayd etildi.
 

   

Slide 1 of 4