Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
Qaror ijrosi yuzasidan manzilli monitoring o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 2026-yil 28-martdagi VII-19-28-11-166-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash va uning amaliy natijalarini o‘rganish maqsadida navbatdagi monitoring tadbiri tashkil etildi.

O‘rganish Yalang‘och ota mahalla fuqarolar yig‘ini hududida, Ibrat ko‘chasi 9-uy, 8-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro V.Grigoryanch xonadonida olib borildi.

Monitoringda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Adxamov, ishchi guruh a’zolari hamda Qo‘qon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktor o‘rinbosari I.Karimov ishtirok etdilar.

O‘rganish davomida qaror asosida xonadonda amalga oshirilayotgan yashil ta’mirlash ishlari holati batafsil ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar tomonidan bajarilgan ishlar yuzasidan hujjatlar taqdim etilib, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi va ishlarning borishi muhokama qilindi.

Ishchi guruh a’zolari tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati, foydalanilayotgan qurilish materiallarining yetarliligi, ishlarning belgilangan muddatlarga muvofiq olib borilishi hamda yaratilayotgan sharoitlar atroflicha o‘rganildi.

Monitoring yakunida ta’mirlash ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, qurilish me’yorlariga qat’iy rioya etish hamda fuqarolar uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan samarali nazoratni ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5