Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
Doimiy komissiya yig‘ilishida PF-172-son Farmoni ijrosi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

👥 Yig‘ilishda doimiy komissiya raisi Shapiyev Bekbergen Abdreymovich, komissiya a’zosi Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Taxiatosh tumani apparat rahbari A.Aytmuratov ishtirok etdi.

📋 Kun tartibiga muvofiq, Taxiatosh tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi rahbari o‘rinbosari D.Allamuratovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentabrdagi PF-172-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan hisoboti tinglandi.

🌾 Hisobotda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqini elektron onlayn auksion savdolari orqali sotishdan tushgan mablag‘larni hududlarda qishloq va suv xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

💧 Xususan, sug‘orish tizimlarini takomillashtirish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish hamda sohaga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

🔍 Komissiya a’zolari tomonidan Farmon ijrosining borishi yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, ajratilayotgan mablag‘lardan samarali foydalanish hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.

✅ Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qaror va tavsiyalar qabul qilindi.

Slide 1 of 2