Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
Qurilish ishlari nazorat qilindi

Qurilish ishlari nazorat qilindi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati mudiri U. Bobojonov tumandagi 20-son oilaviy shifokorlik punktida (OShP) olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida qurilish-montaj ishlarining borishi, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda bunyodkorlik ishlari sifati o‘rganildi.

Shuningdek, qurilishda foydalanilayotgan materiallarning turi, sifati va mustahkamligi ko‘zdan kechirilib, ularning amaldagi me’yor va talablarga mosligi yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Kotibiyat mudiri tomonidan obyektni sifatli va belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish, qurilish jarayonida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish hamda ishlatilayotgan qurilish mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlarini doimiy nazorat qilib borish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.


Slide 1 of 2