Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEHQON MAHALLASIDA IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK O‘RGANISHI: 21-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
NARPAY MAHALLASIDA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA” DASTURI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Nazorat va ijro — deputatlik faoliyatining muhim mezoni

️Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari tomonidan aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish, mahallalardagi muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
📝Deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini tizimli hisobga olish hamda ijro intizomini kuchaytirish maqsadida deputatlar uchun maxsus nazorat daftarlari joriy etildi.
Ushbu daftarlarda:
🔹 o‘rganilgan hudud yoki manzil;
🔹 aniqlangan muammo va takliflar;
🔹 murojaat etuvchi fuqaro haqidagi ma’lumotlar;
🔹 mas’ul tashkilotlar va ijro jarayoni;
🔹 bajarish muddatlari;
🔹 amalga oshirilgan ishlar natijalari kabi ma’lumotlar muntazam qayd etib boriladi.
📌 Shuningdek, deputatlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilib, ijro holati doimiy monitoring qilinadi hamda natijalar haqida aholiga ma’lumot berib boriladi.
✅Bu amaliyot fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish, mahallalardagi muammolarni tizimli ravishda o‘rganish va ularni tezkor hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3