Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Karmana tumanida xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda
янв.21
Yangi ariq mahallasida yosh tadbirkor ayol faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot: korrupsiyaga qarshi muhim qadam
янв.21
Fuqaro murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
12-Bunyodkor saylov okrugi deputati F. Jumayeva tomonidan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif amalga oshirildi.
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish tadbiri bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnoma — har bir soha vakillari uchun dasturilamal
янв.21
Ekologik partiya: mahallalarda targ‘ibot ishlari yangi bosqichda
янв.21
Prezident Murojaatnomasi mazmuni keng jamoatchilikka yetkazildi
янв.21
TA’LIM MUASSASALARIDA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Bugun 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

 Bugun 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi davlat
bayrog‘i qabul qilingan kun. 

Shu
munosabat bilan Sariosiyo tuman xududidagi “Yoshlar bog‘i”da keksa avlod
vakillari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari va yoshlar ishtirokida
davra suhbati o‘tkazildi. 

Suhbat
davomida xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashi deputati, “Nuroniy” jamg‘armasi
Sariosiyo tuman bo‘limi raisi, S.Qosimov tomonidan “O‘zbekiston
Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi
tarixi, uning davlat siyosiy hayotidagi ahamiyati, o‘ziga xos jihatlari hamda
bayrog‘imizning tavsifi haqida batafsil so‘z yuritildi. 

Xususan,
bayrog‘imiz o‘zida butun O‘zbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, g‘ayrati
va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni mujassam etgani, milliy
bayrog‘imizning davlat idora va muassasalari, o‘quv yurtlari, O‘zbekiston a’zo
bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, chet ellardagi elchixona va doimiy
vakolatxonalarimiz peshtoqida hilpirab turishi, turli bayram va tantanalarda,
mamlakatimiz vakillari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy,
madaniy-ma’rifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida Vatanimizning
sha’ni, xalqimizning g‘ururini yorqin aks ettirishi barchamizga iftixor baxsh
etishi alohida ta’kidlandi. 

Slide 1 of 1