Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat hududda: Sport majmuasini kapital ta’mirlash loyihasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
DEPUTAT TASHRIFI: KO‘ZI OJIZLAR KUTUBXONASIDAGI SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: IJTIMOIY DORIXONADAGI SHART-SHAROITLAR VA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash: Karmana tumanida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
HUDUDLARNI RIVOJLANTIRISHDA YANGI BOSQICH: "MAHALLA YETTILIGI" BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
#Deputat_nazorati: "Yangiariq" mahallasida chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketilishi oʻrganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilayotgan imtiyozlar amalda: Hokim yordamchisi ko‘magida "Xazora" mahallasidagi ehtiyojmand oilaga ssuda ajratildi
янв.21
Karmana tumanida xizmat ko‘rsatish sohasi rivoji: Deputat mahallada amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishdi
янв.21
Yangiobod mahallasida "Mahalla yettiligi" faoliyati atroflicha o‘rganildi
янв.21
Chorvachilikni rivojlantirish uchun berilgan imtiyozli kredit samarasi oʻrganildi
SESSIYA KUN TARTIBIGA MASALA KIRITISH YUZASIDAN MUHOKAMA O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputatlik guruhi rahbari, shahar Kengashi deputati B.Djumaniyazov hamda shahar Kengashi raisi P.Ro‘ziboyevlar ishtirokida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar yuzasidan muhokama tashkil etildi.

Deputatlar tomonidan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar, hududlarda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolar hamda ularning yechimiga qaratilgan takliflar tahlil qilinib, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish uchun ustuvor masalalar belgilab olindi.

Yakuniy xulosaga ko‘ra, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputatlik guruhi tomonidan masala kiritish tartibi ham muhokama qilindi va bu kabi hamkorlik boshqa siyosiy partiya deputatlik guruhlari bilan ham amalga oshirilishi belgilab olindi.